MB bitta yoki bir necha modellarga asoslangan bulishi mumkin. Xar qanday modelga uzining xossalari (parametrlari) bilan tavsiflanuvchi ob’ekt sifatida karash mumkin. Shunday ob’ekt ustida biror amal (ish) bajarsa boladi. MB modellarining quyidagi asosiy turlari mavjud:Ierarxik, taqsimlangan, ob’ektga-yonaltirilgangan va relyatsion malumotlar modeli
Relyatsion (lotin tilidagi relatio-munosabat sozidan olingan) modelda malumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Eng sodda holda u ikki olchovli massiv yoki jadvaldan iborat boladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning uzaro boglangan tuplamidan iborat.
MBning ierarxik modeli pastki pogonadagi yukori pogonadagiga buysinish tartibida joylashgan elementlar tuplamidan iborat boladi va agdarilgan daraxt(graf)ni tashkil etadi. Ushbu model satx, tugun, boglanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. Uning ishlash tamoyili shundayki, kuyi satxdagi bir necha tugunlar boglanish yordamida yukorirok satxdagi bitta tugin bilan boglangan boladi. Tugin – bu ierarxiyaning berilgan satxida joylashgan elementning axborot modelidir.
MBning semantik tarmoq modeli ierarxik modelga uxshashdir. U ham tugun, satx, boglanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantik tarmoq modelida turli satxdagi elementlar orkali «erkin», ya’ni «xar biri xamma bilan» ma’noli boglanish kabul kilingan.
Taqsimlangan malumotlar bazasi va uning arxitekturasi.
Malumotlar bazasini xisoblash tizimlarida qollanilishi malumotlarni qayta ishlashning eski usullarini almashishiga sabab boldi. Yangi usulda har bir ilova uchun aloxida malumotlar toplami aniqlangan va qollab – quvvatlangan. Eski usulda barcha malumotlar markazlashgan xolda aniqlangan va qollab quvvatlangan.songgi paytlarda taromq va malumotlar almashishining texnologiyalari shiddat bilan rivojlanmoqda. Bu Internet tarmogi, mobil va simsiz xisoblash vositalari, hamda "intellektual" qurilmalarni paydo bolishi bilan bogliq. Taqsimlangan malumotlar bazasining texnologiyasi malumotlarni qayta ishlashning markazlashgan turidan teskarisi bolgan markazlashmagan turiga otishga zamin yaratmoqda. Taqsimlangan malumotlar bazasini boshqarish tizimlari texnologyalari malumotlar bazasi soxasidagi eng katta yutuqlardan biri xisoblanadi.
Asosiy tushunchalar
Taqsimlangan malumotlar bazasi bilan bogliq muammolarni taxlil qilishdan oldin taqsimlangan malumotlar bazasi nima ekanligini aniqlab olish zarur.
Taqsimlangan malumotlar bazasi– bu ozaro matiqan boglangan va kompyuter tarmogida fizik jixatdan tarqoq joylashgan taqsimlangan malumotlar toplamidir.
Bu ta’rifdan taqsimlangan MBBT ni ta’rifi kelib chiqadi.
Taqsimlangan MBBT. Taqsimlangan malumotlar bazasini boshqarish uchun moljallangan va foydalanuvchilarga taqsimlangan malumotlarga oson murojaat usulini ta’minlab beruvchi dasturiy kompleks.
Taqsimlangan malumotlar bazasi.
Malumotlarni qayta ishlashning bu kesishuvchi va xatto takrolanuvchi malumotlar saqlanadigan bir nechta serverlardan foydalanshni talab etadi. Bunday malumotlar bazasi bilan ishlash uchun taqsimlangan malumotlar bazasini boshqarish tizimlari (TMBBT) ishlatiladi.
Taqsimlangan malumotlar bazasini boshqarish tizimlari (Taqsimlangan MBBT) bir qancha fragmentlarga bolingan va mantiqiy jixatdan yagona bolgan malumotlar bazasidan iborat. Malumotlar bazasining har bir fragmenti aloxida MBBT boshqaruvchi ostida va ozaro aloqa tarmogi orqali boglangan bitta yoki bir nechta kompyuterda saqlanadi. Tarmoqdagi har bir tugun foydalanuvchilarning lokal saqlanayotgan malumotlarga bolgan sorovlarini ozi mustaqil qayta ishlash (ya’ni, har bir uzue ma’lum darajadagi avtonomlikka ega), hamda tarmoqning boshqa kompyuteridagi malumotlarni qayta ishlash imkoniga ega.
Foydalanuvchilar taqsimlangan malumotlar bazasiga dastur yordamida murojaat etadi. Dasturlar boshqa tugundagi malumotlarga murojaatnitalab etmaydigan (lokal dasturlar) va talab etadigan (globbal dastrlar) dasturlarga bolinadi. Taqsimlangan MBBT da kamida bitta global dastur bolishi kerak, shuning uchun ixtiyoriy TMBBT quyidagi xarakteristkalarga ega bolishi kerak.
• mantiqan bolingan malumotlar toplami mavjud bolishi kerak.
• saqlanadigan malumotlar bir qancha fragmentlarga bolingan.
• malumotlar fragmentining replikatsiyasi mavjud bolishi mumkin.
• Fragmentlar va ularning nusxalari turli tugunlarga taqsimlanadi.
• tugunlar bir – biri bilan tarmoq orqali boglanadi.
• har bir tugundagi malumotga murojaat MBBT boshqaruvi ostida amalga oshadi.
•MBBT har bir tugundagi lokal dasturlarni avtonom ishlashini qollab – quvvatlash imkoniga ega.
• har bir tugundagi MBBT kamida bitta global dasturni qollab-quvvatlaydi.
Misol tariqasida 1-rasmdagi korsatilgan taqsimlangan malumotlar bazasi topologiyasidagi kabi tizimning har bir tugunida ozining xzususiy lokal malumotlar bazasi mavjud bolishi shart emas.

1-rasm. Taqsimlangan MBBT topologiyasi
Taqsimlangan malumotlarni qayta ishlash
Taqsimlangan MBBT bilan taqsimlangan qayta ishlash vositalari ortasidagi farqni anglash muxim xisoblanadi.
Taqsimlangan qayta ishlash. Markazlashgan malumotlar bazasini qayta ishlashni turli kompyuterlardan turib amalga oshirilishidir.
Taqsimlangan MBBT ta’riflashda bu tizim fizik jixatdar taromqda taqsimlangan malumotlar bilan ishlashi asosiy xisoblanadi. Agar malumotlarmarkazlashgan xolda saqlanayotgan bolsa, u xolda xatto ixtiyoriy foydalanuvchi bu malumotlarga tarmoqdagi ixtiyoriy kompyuterdan murojaat etayotgan bolsada bu tizim taqsimlangan qayta ishlashni qollab quvvatlovchi xisoblanadi va taqsimlangan MBBT sifatida qaralmaydi.taqsimlangan qayta ishlash topologiyasi sxemasi 2-rasmda tasvirlangan. Bu sxemada tasvirlangan 2-tugundagi markazlashgan malumotlar bazasini 1-rasmdagi malumotlar bazasi bilan solishtiring

2-rasm. Taqsimlangan qayta ishlash topologiyasi.